
Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja
- Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori
- Siyosiy fanlar doktori, professor
Platformadagi hissasi
Tadqiqotning ilmiy rahbari; model uning rahbarligidagi universitetda ishlab chiqilgan.
Taʼlim
- 1991–1996 — hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti, jurnalistika fakulteti.
Faoliyati
- Turli yillarda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi, Prezident matbuot xizmati va Oʻzbekiston Milliy universitetida ishlagan.
- 2005–2008 — Oʻzbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi.
- 2017–2022 — «Xalqaro press-klub» nodavlat notijorat tashkiloti raisi.
- 2018 yildan — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori.
- 2022 yil fevralidan — Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisi.
Mukofotlar
- 2019 — «Oltin qalam» milliy mukofoti gran-pri sohibi, «Mehnat shuhrati» ordeni.
- 2020 — «Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist» unvoni.
